Muallifning ilmiy maqolasi. Maqolaning to'liq matni yon ustundagi «Hujjatni o'qish» tugmasi orqali shu yerning o'zida ochiladi — faqat o'qish uchun.
Nashr haqida
- Muallif: Karimova Kamola Komil qizi, Buxoro davlat pedagogika instituti, Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim) ixtisosligi tayanch doktoranti
- Nashr: «Maktabgacha va maktab ta'limi» ilmiy jurnali, 2025-yil, 3-son (mart)
- Til: o'zbek (annotatsiyalar o'zbek, ingliz va rus tillarida)
- Hajmi: 12 bet
Annotatsiya
O'quvchilarning o'quv faoliyati samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan maqsadlar ichida ulardagi nutqiy kompetensiyani rivojlantirish yetakchi masala hisoblanadi. O'quvchi o'z fikrini qanchalik ravon, ifodali va to'liq bayon qila olsa, uning o'ziga bo'lgan ishonchi yuqori bo'ladi hamda o'rganish jarayonida yuqori natijalarga erisha oladi. Ayniqsa, o'quvchilarni boshlang'ich sinfdanoq nutqiy xatolar ustida ishlashga o'rgatish orqali ularning nutqiy kompetensiyasini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada turli topshiriq va metodlar yordamida boshlang'ich sinf o'quvchilari nutqida yuzaga keladigan xatolarni bartaraf etish masalasiga alohida urg'u berilgan.
Kalit so'zlar: nutqiy xato, xatolar ustida ishlash, "Uzum" metodi, integrativ-kognitiv topshiriq, "Beshinchisi ortiqcha" o'yini, "Uch haqiqat, bir yolg'on" ta'limiy o'yini.