Mualliflik maqolalari Karimova Kamola Komil qizi

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida nutqiy kompetensiyani rivojlantirishning mohiyati hamda imkoniyatlari

Nutqiy kompetensiya — o'quvchida shakllanishi shart bo'lgan mezonlardan biri: uning rivojlanish istiqbollari va takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari.

Muallifning ilmiy maqolasi. Maqolaning to'liq matni yon ustundagi «Hujjatni o'qish» tugmasi orqali shu yerning o'zida ochiladi — faqat o'qish uchun.

Nashr haqida

  • Muallif: Karimova Kamola Komil qizi, Buxoro davlat pedagogika instituti, Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim) ixtisosligi tayanch doktoranti
  • Nashr: «Ta'lim va innovatsion tadqiqotlar» xalqaro ilmiy-metodik jurnali, 2025-yil, 8-son (avgust)
  • Til: o'zbek (annotatsiyalar o'zbek, rus va ingliz tillarida)
  • Hajmi: 13 bet

Annotatsiya

Ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchi hamkorligiga erishish yetakchi omil sanaladi. Nutqiy kompetensiya o'quvchining nutq borasidagi bilimlarini ifodalash bilangina cheklanib qolmaydi, uning tafakkuri boyishiga ham bevosita xizmat qiladi. Ushbu maqola bugungi kunda o'quvchida shakllanishi shart bo'lgan mezonlardan biri nutqiy kompetensiya, uning rivojlanish istiqbollari, takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari kabi masalalarga alohida urg'u beradi.

Kalit so'zlar: nutqiy kompetensiya, topshiriq, metod, o'qib tushunish, tinglab tushunish, yozma nutq, og'zaki nutq, komponent.