Sohaga oid manbalar D.Sh. Yuldasheva — «Novda Edutainment», Toshkent, 2023

Ona tili. 1-sinf, I qism — darslik

Savod o'rgatishdan keyingi birinchi qism: tovush va harf, o'zbek alifbosi, unli va undosh tovushlar, bo'g'in va bo'g'in ko'chirish, so'z ma'nosi hamda gap haqida dastlabki tushunchalar.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 1-sinfi uchun «Ona tili» darsligining I qismi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi uchun asosiy manba: integrativ-kognitiv topshiriqlar shu darslik mavzulariga tayanib tuziladi.

Kitob haqida

  • Muallif: D.Sh. Yuldasheva
  • Nashriyot: «Novda Edutainment», Toshkent, 2023
  • Hajmi: 96 bet
  • ISBN: 978-9943-9708-6-1
  • Maqomi: Ta'limni rivojlantirish markazi huzuridagi ilmiy-metodik kengash tomonidan tavsiya etilgan

Qismda o'rganiladigan mavzular

  • Kirish. Ona tili nima?
  • Matn va gap. Til va nutq
  • Tovush va harf. O'zbek alifbosi
  • Unli tovushlar: a-o, i-u, o'-e
  • Undosh tovushlar: x-h, j, q-g'
  • ng, sh, ch harf birikmalari; tutuq (') belgisi
  • Aytilishi va yozilishi farqlanuvchi undoshlar: b-p, v-f, g-k, d-t, z-s, j-ch, j-sh
  • Bo'g'in. Bo'g'inga ajratish va bo'g'in ko'chirish
  • So'z ma'nosi
  • Gap. Gap qanday tuziladi. Gap oxiridagi tinish belgilari

Darslikni yon ustundagi «Hujjatni ko'rish» tugmasi orqali shu yerning o'zida varaqlash yoki yuklab olish mumkin.